Bosh sahifa / Katalog / G-7
Premium flagman

G-7

Sun'iy intellektli skanerlash, ovozli boshqaruv va rolikli mexanizmga ega flagman kreslo.

Rolikli mexanizm 12 avto dastur + 8 texnika Zero Gravity Isitish funksiyasi Ovozli boshqaruv (AI) 150 kg gacha

Ranglar: Oq · Qora · Kulrang

  • 1 yil bepul servis — zapchastigacha
  • O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib berish va o‘rnatish
  • Toshkent showroomida sinab ko‘rish mumkin
G-7

Nima uchun aynan shu model?

Uyingizdagi shaxsiy sog'lomlashtirish burchagi

G-7 to'laqonli dam olishni qadrlaydigan, o'z salomatligiga e'tibor beradigan va sifatli massajni uyida olishni istaganlar uchun yaratilgan. Bu shunchaki kreslo emas — har kuni sizni kutib oladigan shaxsiy massajchingiz.

Chuqur ishlov beruvchi rolikli massaj

Zamonaviy rolikli tizim mushaklarni chuqur va bir tekis ishlaydi. Ish kunidan keyingi taranglikni yozish, charchoqni olish va jismoniy zo'riqishdan keyin tiklanish uchun mos.

Tanani skanerlash va individual sozlash

Intellektual skanerlash tizimi foydalanuvchining bo'yi va tana tuzilishini avtomatik aniqlab, massajni aynan sizga moslaydi — har safar maksimal aniq va qulay seans.

12 avtomatik dastur, 8 massaj texnikasi

Tayyor dasturlardan birini tanlang yoki alohida zonalarga ishlov bering: bo'yin, yelka, bel, qo'llar va oyoqlar. Har bir a'zoi oila o'ziga mosini topadi.

Zero Gravity va isitish

«Nulevaya gravitatsiya» rejimi tanani vaznsizlik holatiga o'tkazib, umurtqa va bo'g'imlardagi yukni kamaytiradi. O'rnatilgan isitish tizimi esa massaj samarasini kuchaytirib, qon aylanishini yaxshilaydi.

Havo yostiqchalari bilan kompression massaj

Yelka, qo'l, bel va oyoq zonalarida havo yostiqchalari siqib-bo'shatib ishlaydi — mushak taranglig'i kamayadi, qon aylanishi faollashadi.

Multimedia va zamonaviy boshqaruv

Bluetooth orqali musiqa, sensorli planshet, tugmali panel va ovozli buyruqlar. Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida — ota-onangiz ham bemalol foydalanadi.

Xarakteristikalar

Massaj turiRolikli, chuqur ishlov
Avtomatik dasturlar12
Massaj texnikalari8
ZonalarBo'yin, yelka, bel, qo'l, oyoq
Zero GravityBor
IsitishBor
Havo yostiqchalariBor
BluetoothBor
BoshqaruvTugma, sensorli planshet, ovoz
Interfeys tillariO'zbek, Rus, Ingliz
Simsiz quvvatlashBor
Maks. foydalanuvchi vazni150 kg

Bu model sizga mosmi? 30 soniyada aniqlaymiz

3 ta savolga javob bering — operator siz tanlagan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib, aniq narx va takliflarni aytadi, Telegramga video-obzor yuboradi.

Maslahat va narxni olish
Shu model bo‘yicha maslahat