
A31A
Ota-onaga birinchi sovg'a sifatida eng ko'p tanlanadigan ixcham model.
Ranglar: Qora
- 1 yil bepul servis — zapchastigacha
- O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib berish va o‘rnatish
- Toshkent showroomida sinab ko‘rish mumkin
Nima uchun aynan shu model?
Sodda, qulay va ishonchli
A31A — massaj kreslolari olamiga kirish nuqtasi. Ortiqcha murakkabliklarsiz: o'tirdingiz, tugmani bosdingiz, dam oldingiz. Aynan shu soddaligi uchun uni ota-onaga sovg'a sifatida eng ko'p tanlashadi.
Yumshoq sharikli massaj
Sharikli tizim orqa mushaklarini mayin ishlaydi, ish kunidan keyingi charchoq va taranglikni oladi. Kuchli bosimsiz, yoqimli seans.
5 avtomatik dastur
Bo'shashish, tiklanish va umumiy komfort uchun tayyor rejimlar — kunlik foydalanishga ham, kun oxiridagi dam olishga ham mos.
Zero Gravity va isitish
Vaznsizlik holati umurtqa va bo'g'imlardan yukni oladi. Orqa va oyoq kaftlaridagi isitish qon aylanishini yaxshilab, chuqurroq bo'shashtiradi.
Havo yostiqchalari va musiqa
Yelka, qo'l va oyoqlardagi kompression massaj mushak taranglig'ini kamaytiradi. Bluetooth dinamiklar orqali sevimli musiqangiz bilan dam oling.
Xalqaro sertifikatlar
ISO 9001, CE, RoHS, CB IEC (Germaniya) va FDA ro'yxati — xavfsizlik va sifat tasdiqlangan.
Xarakteristikalar
| Massaj turi | Sharikli |
| Avtomatik dasturlar | 5 |
| Zona tanlash | Orqa, yelka, bel, qo'l, oyoq |
| Zero Gravity | Bor |
| Isitish | Orqa va oyoq kaftlari |
| Havo yostiqchalari | Yelka, qo'l, oyoq |
| Boshqaruv | LCD ekranli pult, panel |
| Bluetooth | Bor |
| Sertifikatlar | ISO 9001, CE, RoHS, CB IEC, FDA reg. |
| Maks. foydalanuvchi vazni | 110 kg |
Bu model sizga mosmi? 30 soniyada aniqlaymiz
3 ta savolga javob bering — operator siz tanlagan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib, aniq narx va takliflarni aytadi, Telegramga video-obzor yuboradi.


