
JT-M100
Butun oila uchun ishonchli kundalik massaj — soddaligi va bardoshliligi bilan qulay.
Ranglar: Jigarrang-oq
- 1 yil bepul servis — zapchastigacha
- O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib berish va o‘rnatish
- Toshkent showroomida sinab ko‘rish mumkin
Nima uchun aynan shu model?
Har kuni g'amxo'rlik qiladigan kreslo
JT-M100 kundalik foydalanish uchun yaratilgan: sodda boshqaruv, bardoshli konstruksiya va butun oilaga yetadigan dasturlar to'plami.
Tanaga moslashuvchi rolikli massaj
Roliklar orqa va bel zonasini sinchiklab ishlaydi. Aqlli sozlash tufayli massaj foydalanuvchi gavdasiga moslashadi — nuqtali ishlov va chuqur bo'shashish.
6 avtomatik dastur va tanlov erkinligi
Bo'shashish, tiklanish va charchoqni olishga yo'naltirilgan dasturlar. 5 massaj texnikasi va 11 dan ortiq rejim: bo'yin, yelka, bel, oyoqlar.
Zero Gravity — uyqudan oldin ideal
Vaznsizlik holati umurtqa va bo'g'imlardagi yukni minimallashtiradi. Og'ir kundan keyin yoki uyqudan oldin eng sevimli rejimga aylanadi.
Havo yostiqchalari va isitish
Yelka, qo'l, bel va oyoqlardagi havo-kompression massaj limfa oqimini yaxshilaydi, bel isitish esa mushaklarni tez yumshatadi.
Sodda boshqaruv
Tugmali panel, sensorli planshet va ovozli buyruqlar. Interfeys rus va ingliz tillarida.
Xarakteristikalar
| Massaj turi | Rolikli |
| Avtomatik dasturlar | 6 |
| Massaj texnikalari | 5 |
| Rejimlar | 11+ zona |
| Zero Gravity | Bor |
| Isitish | Bel zonasi |
| Havo yostiqchalari | Yelka, qo'l, bel, oyoq |
| Bluetooth | Bor |
| Boshqaruv | Tugma, planshet, ovoz |
| Interfeys tillari | Rus, Ingliz |
| Maks. foydalanuvchi vazni | 130 kg |
Bu model sizga mosmi? 30 soniyada aniqlaymiz
3 ta savolga javob bering — operator siz tanlagan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib, aniq narx va takliflarni aytadi, Telegramga video-obzor yuboradi.


