Umr bo'yi siz uchun mehnat qilgan yelka va belga — endi har oqshom 15 daqiqa dam. Bepul yetkazib berish va o'rnatish, 1 yil bepul servis, ishlatishni ota-onangizga o'zimiz o'rgatamiz.
Umr bo'yi biz uchun mehnat qilgan ota-onamiz o'z sog'lig'iga pul sarflashni istamaydi. Massaj kreslosi — ular so'ramaydigan, lekin har kuni ishlatadigan g'amxo'rlik. Har oqshom kresloga o'tirganda sizni eslab, duo qilishadi.

Har bir modelning rasmlari, funksiyalari va farqlari — alohida sahifada. Aniq narx va amaldagi takliflarni operator telefonda aytib beradi, Telegramga to'liq katalogni yuboradi.

AI skanerlash · ovozli boshqaruv · 150 kg gacha
Batafsil ko‘rish →
3D roliklar · 3 xil Zero-G · premium dizayn
Batafsil ko‘rish →
Puls/bosim testi · rolikli · 12 avto rejim
Batafsil ko‘rish →
SL-trek 135 sm · skanerlash · 4 texnika
Batafsil ko‘rish →
Ovozli boshqaruv · rolikli · 130 kg gacha
Batafsil ko‘rish →
Oilaviy model · 6 avto dastur · 130 kg
Batafsil ko‘rish →
Yog'och dizayn · sensorli ekran · ovozli boshqaruv
Batafsil ko‘rish →
Ixcham · sodda boshqaruv · yumshoq massaj
Batafsil ko‘rish →Chunki ular boshqa mahsulot. Sotib olishdan oldin mana bu uch narsani solishtiring — keyin qaror qiling.
Arzon kreslolarda odatda faqat tebranuvchi motorlar bo'ladi. Bizning asosiy seriyalarimizda umurtqa bo'ylab yurib chiqadigan rolikli mexanizm ishlaydi — massajchi qo'liga yaqin his beradigani aynan shu.
Muammo chiqsa, ustalarimiz odatda 3–5 ish kuni ichida hal qilib beradi. Qoidamiz oddiy: mijoz rozi bo'lmaguncha qo'ymaymiz.
Kreslolarni xorijdan o'zimiz tanlab, o'zimiz olib kelamiz. O'rtada uchinchi firma yo'q — savdo ham, kafolat ham, servis ham bitta joyda. Muammo chiqsa, «ular aybdor» deydigan hech kim yo'q: hammasi uchun o'zimiz javob beramiz.
Toshkentda ham, viloyatlarda ham. Olib boramiz, o'rnatamiz, ishlatishni o'rgatamiz — barchasi narxga kiritilgan, qo'shimcha to'lov yo'q.
Kafolat davrida chaqiruv ham, ish ham, almashtiriladigan zapchast ham bepul. Bitta telefon qilasiz — qolganini o'zimiz hal qilamiz.
Ko'p ishlatiladigan zapchastlar o'z skladimizda turadi, servis odatda 3–5 ish kunida hal qilinadi. Kamdan-kam holatda zapchast Xitoydan kerak bo'lsa, ekspress 14–15 kunda o'zimiz olib kelib beramiz.
Toshkentdagi showroomga keling, kreslolarni yoqib, o'tirib, farqini o'zingiz his qiling. Viloyatdan bo'lsangiz — video orqali jonli ko'rsatamiz.
Ular o'zlariga bunday narsani hech qachon olishmaydi — «pulni bekor sarflama, bolam» deyishadi. Siz olib borsangiz esa har oqshom o'tirib, sizni eslashadi. Mijozlarimizning katta qismi aynan shu sovg'a uchun keladi.
Tadbirkorlar, haydovchilar, kun bo'yi kompyuter yoki rul ortida o'tiradiganlar uchun: uyga keldingiz, 15 daqiqa kresloda — yelka va bel taranglig'i yozilib, kun yakuniga yetadi.
Uxlashdan oldin bo'shashtiruvchi massaj — telefonsiz, tinch 15 daqiqa. Butun oila navbatga yoziladigan uy odatiga aylanadi.
3 ta savolga javob berasiz — kim uchun, qancha byudjet, qachon qo'ng'iroq qilish qulay.
Siz tanlagan vaqtda qo'ng'iroq qilamiz, byudjetga mos 2–3 modelni taklif qilamiz, Telegramga katalog va videolarni yuboramiz.
Showroomga kelasiz yoki video orqali modelni jonli ishlatib ko'rsatamiz — funksiyalarini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz.
Yetkazib beramiz, o'rnatamiz, oilangizga ishlatishni o'rgatamiz. Shu kundan 1 yillik bepul servis boshlanadi.
3 ta savol, 30 soniya. Operator siz tanlagan vaqtda qo'ng'iroq qiladi, aniq narxlar va video-katalogni Telegramga yuboradi.
Bu bizga to'g'ri modelni taklif qilishga yordam beradi.
Har bir oraliqda kuchli variantlarimiz bor — bu faqat to'g'ri taklif uchun kerak.
Belgilangan vaqtda bir marta qo'ng'iroq qilamiz — bezovta qilib yuravermaymiz.